Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 144 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Qosimbek Mambetovga tayanib, AKIpress xabar berdi.
O‘tgan bir sutka ichida yana 14 kishi koronavirus bilan kasallangan:
- Suzoq tumani — 6;
- Qorasuv tumani — 4;
- Bishkek shahri — 1;
- Novqat tumani — 1 nafar.
“Afsuski, tibbiyot xodimlarimiz orasida tahlil natijalari ijobiy chiqqanlar bor. Kecha 8 kishi edi, bugun 9 nafarga yetdi”, — deydi Mambetov.
Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: