Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga qayta test topshirdi. Natijalar qoniqarsiz chiqqan, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Mamlakat rahbarining shifokori Shon Konlining ta’kidlashicha, Tramp natijasi 15 daqiqada chiqadigan tezkor testdan foydalangan. “U sog‘lom va kasallikning hech qanday belgilari aniqlangani yo‘q”, — deydi prezident shifokori.

Amerika yetakchisi birinchi bor 14-mart kuni koronavirusga test topshirgan. O‘shanda ham javob qoniqarsiz chiqqan. Trampning salomatligi borasidagi xavotirlar u konservatorlar anjumanida kasallanganlar bilan ko‘rishgan kongressmenlarni qabul qilganidan so‘ng, shuningdek, Braziliya delegatsiyasi bilan uchrashuvlaridan keyin paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 245 mingdan oshib ketdi, virus oqibatida vafot etganlar soni 5926 kishiga yetdi. Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Yuksalish” harakati diniy materiallar tarqatganlik ayblovi bilan javobgarlikka tortilish holatlari uchrayotganiga munosabat bildirdi
Dunyo
Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlari soni 230 kishidan oshdi (foto)
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi