Daryo

Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qildi

31-mart kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifing davomida mamlakatda koronavirusga bog‘liq vaziyat haqida ma’lumotlar berildi

1 daqiqa o‘qish64 762 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

AQSh prezidenti administratsiyasi huzuridagi Viruslarga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ekspertlari mamlakatda vaziyat salbiy tus oladigan bo‘lsa, o‘lim darajasi 2,2 million kishiga yetishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi The New York Times.

Foto: Reuters

31-mart kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifing davomida mamlakatda koronavirusga bog‘liq vaziyat haqida ma’lumotlar berildi. Taqdimot davomida prezident administratsiyasi birinchi bor o‘lim darajasi haqidagi rasmiy prognozlari bilan bo‘lishdi.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, virusga qarshi kurash yo‘lida hech nima qilinmasa, AQShda 2,2 million odam vafot etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan bir sutka ichida AQShda 700 dan ortiq odam koronavirus oqibatida vafot etgan. Butun mamlakat bo‘ylab kasallikka chalinganlar soni 190 mingdan oshgan.

Mavzuga doir: AQSh hukumati koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi

Avvalroq prezident Donald Tramp AQShning koronavirus pandemiyasidan tiklanishi taxminan qachondan boshlanishini ma’lum qilib, amerikaliklarni oldinda juda og‘ir ikki hafta kutib turgani haqida ogohlantirgan edi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar