Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh hukumarti koronavirusga qarshi kurashishda yordam tariqasida O‘zbekistonga 848 ming dollar ajratmoqchi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati

Bu haqda 31-mart kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov va AQSh Davlat departamenti vakillari bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada ma’lum qilingan. Unda O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda moliyaviy va texnik ko‘mak ko‘rsatish dasturlarini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga beriladigan 848 ming dollar AQShning xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) dasturi asosidagi navbatdagi transh bo‘lib, Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyatlari xalqaro federatsiyasiga va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga COVID-19 ga qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash uchun beriladi.

Bu mablag‘lar keng miqyosli testdan o‘tkazish uchun laboratoriyalarni jihozlash, koronavirus ustidan epidemologik nazoratni yaxshilash, infeksiyani profilaktika qilish va tarqalishini nazorat qilishni ta’minlashda tibbiyot muassasalarining salohiyatini oshirish, tezkor yordam ko‘rsatish tizimi, zararlangan holatlarni aniqlash va davolash, shuningdek, virus haqidagi dezinformatsiyaga qarshi turishga yo‘naltiriladi.

Fevral oyining oxirida AQSh O‘zbekistonga koronavirus tarqalganda ishlatilishi uchun mo‘ljallangan 600 komplekt shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bergan edi. 17-mart kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirgandi. 2-aprel kuni esa USAID O‘zbekistonga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘shimcha ko‘mak berishi ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)