• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Spark’ning puliga Malibu va’da qilgan” Angrendagi “Avto ideal xizmati” 1283 kishini chuv tushirdi

    Toshkent viloyatining Angren shahrida faoliyat yuritgan “Avto ideal xizmati” MChJ mansabdor shaxslari imtiyozli shartlarda avtomashinalar yetkazib berishni va’da qilib, 1283 nafar mijozning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

    Xabar berilishicha, Toshkent viloyatining Angren shahrida “Avto ideal xizmati” MChJ o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, juda qisqa davr — 5 oy ichida 1506 nafar mijozning ishonchiga kirib, ularning 1283 nafarini chuv tushirishga ulgurgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan “Avto ideal xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, jamiyat rahbari K.R. va sobiq rahbari U.N. 2019-yilning oktabridan 2020-yil mart oyiga qadar, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 16 foizni tashkil qilib turgan bir paytda, yillik 5 foiz ustama haq evaziga, boshlang‘ich badal sifatida avtomobilning 20—30 foizi miqdorida oldindan to‘lov qilish sharti bilan jami 1506 nafar yuridik va jismoniy shaxs bilan shartnomalar imzolagan.

    Mazkur shartnomalarga asosan 1506 nafar mijozning barchasi o‘zlari tanlagan avtomashina qiymatining 20—30 foizini oldindan to‘lov sifatida jamiyat hisob raqamiga to‘lagan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bu summa 36 milliard so‘mdan ko‘proqni tashkil etgan.

    Jamiyat mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlaridan foydalanib, ushbu kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan 228 nafar mijozga 23 milliard so‘mdan oshiq qiymatdagi avtomashinalarni yetkazib bergan. Qolgan 1283 nafar mijozga ular to‘lagan pul mablag‘lari evaziga avtomashinalar yetkazib berilmagan yoki to‘langan pul mablag‘lari egalariga qaytarilmagan.

    Shunga ko‘ra, departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan “Avto ideal xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxslariga nisbatan joriy yiling 17-mart kuni Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi ikkinchi qismi “a” band (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Angren shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergov jarayonida fuqarolarga yetkazilgan zararni to‘liq undirish choralari ko‘rilishi ma’lum qilingan.

    Eslatib o‘tamiz, qariyb 19 ming fuqaro avtomashina olish uchun “Avto 60 oy”  MChJga pul berib aldanib qolgan edi. Mazkur kompaniya rahbari tomonidan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar hajmi 57 milliard so‘mga teng bo‘lgan.

    03.04.2020, 16:06   Izoh (0)   57400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda xotinini zo‘rlagan erkak IIB xodimini pichoqladi

    03.04.2020, 15:54

    Shahrisabzlik erkak rashk tufayli xotinini stulga bog‘lab o‘ldirdi

    03.04.2020, 15:28

    O‘zbekiston AQShdan u bilan savdoni cheklovchi taqiqini olib tashlashni so‘radi

    03.04.2020, 15:05

    Markaziy harbiy okrug tomonidan karantindagi obyektlarni qo‘riqlash uchun navbatdagi jangovar smena yuborildi (foto)

    03.04.2020, 14:40

    Jizzaxda YPX inspektorini 600 metrga sudrab ketgan “stiker”siz haydovchi ushlandi (video)

    03.04.2020, 14:01

    Toshkentda Instagram orqali boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilgan yigitlar qo‘lga olindi (video)

    03.04.2020, 12:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33

    Yevropa aeroportlarda suv olib o‘tish taqiqi bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 14:21

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.