Maxsus aviareys bilan 18-mart kuni Misrdan Navoiy shahriga olib kelingan 181 nafar O‘zbekiston fuqarosi 2-aprel kuni karantin muddatini tugatdi va o‘z uylariga kuzatildi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Xabar berilishicha, Karmana tumani hududidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sog‘lomlashtirish markazida davom etgan 14 kunlik karantinda bo‘lgan fuqarolar bilan birga 22 nafardan iborat shifokorlar guruhi ham navbatdagi ta’tilga chiqarildi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Hokimlikning qayd etishicha, ikki hafta davom etgan karantin davrida kuzatuvga olinganlar belgilangan muddatda zarur tibbiy muolajalar, shaxsiy gigiyena va himoya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlandi. Kuzatuv va karantin davrida ularning birortasida kasallik alomatlari aniqlanmadi. Barchasi sog‘lom va yaxshi kayfiyatda.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Navoiy viloyatidagi 8 ta sihatgohda 529 nafar fuqaro umumiy karantin nazoratiga olingan. Bundan tashqari, 2808 nafar fuqaro uy karantinda shifokorlar nazoratida turibdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Hokimlikning bildirishicha, koronavirus infeksiyasi aniqlanib, Navoiy shahrida davolanayotgan ikki nafar fuqaro (ona va o‘g‘il) Navoiy viloyatiga Toshkent shahridan mehmon sifatida kelgan. Ana shu paytda ularda kasallik belgilari borligi aniqlanib, karantinga olingan va shifoxonaga yotqizilgan. Har ikkala bemor ham Toshkent shahri Bektemir tumanida doimiy yashab kelgan.

Avvalroq Latviya va Erondan qaytarilgan fuqarolar Namanganda karantin muddatini o‘tab, o‘z uylariga qaytgani haqida xabar berilgan edi.