• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati e’lon qilindi

    Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, transport harakati uchun maxsus ruxsatnoma berishning yangi tartibi e’lon qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

    Foto: “Huquqiy axborot”

    Foto: “Huquqiy axborot”

    Unga ko‘ra birinchi navbatda tibbiyot xodimlari o‘z mashinalarida stikersiz yurishiga ruxsat berilgan.

    Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlari tegishli tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi.

    Shuningdek, quyidagi tashkilotlar xodimlari mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanishi mumkin:

    Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.

    • Fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tan jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari;
    • Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga (o‘zlarining ro‘yxatdan o‘tgan ma’muriy hududi doirasida va yo‘lovchilarsiz faqat yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish maqsadida. Inson hayotiga xavf tug‘diradigan holatlarda va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiyot muolajalarni olayotgan bemor yo‘lovchilarni tashish mumkin;
    • Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar (gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, sovuq suv, oqova, chiqindi)ning xizmat avtotransport vositalari.
    Quyidagi tashkilotlarning mas’ul xodimlariga xizmat vazifasini bajarishda tegishli shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishga ushbu tashkilotlar tomonidan ruxsat beriladi (ofitser tarkibidagi xodimlarga ruxsat talab qilinmaydi). Ruxsatnomada avtotransport vositasining belgilari ko‘rsatiladi. Mazkur ruxsatnoma xizmat (harbiy) guvohnomasi bilan ko‘rsatilganda haqiqiy hisoblanadi:
    • O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;
    • Sud va prokuratura organlari xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;
    • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Uzbekistan Airways AJ, Uzbekistan Airports AJ va ularning tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlari “O‘zaeronavigatsiya” agentligining xizmat avtotransport vositalari;
    • Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari;
    • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlarining xizmat avtotransport vositalari;
    Bunda:

    — vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibidagi tashkilotlarning birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;

    — vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari rahbarlari kiritiladi.

    • Markaziy bank va hududiy boshqarmalar xizmat avtotransport vositalari;
    • Tijorat banklari xizmat avtotransport vositalari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari;
    • O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xizmat avtotransport vositalari;
    • “Respublika inkassatsiya xizmati” DUK xizmat avtotransport vositalari;
    • Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar xizmat avtotransport vositalari;
    • Aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “O‘zbektelekom” AK va uning tashkilotlari hamda “O‘ZINFOKOM” yagona integratori» MCHJga tegishli xizmat avtotransport vositalari;
    • N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari;
    • “Toshshahartransxizmat” AK tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari;
    • Dafn marosimlarida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini ko‘rsatish maqsadida);
    • Yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari;
    • Mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari. Bu holatda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari har bir avtotransportni vizual ko‘zdan kechirib, avtotransport yo‘nalishi va aniq manzili yuzasidan tushuntirishlar so‘rashi mumkin.
    Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi.

    Vaqtinchalik tartibga ko‘ra, ruxsatnoma quyidagi avtotransport vositalariga beriladi:

    • oziq-ovqat mahsulotlarini (jumladan, tamaki va alkogol) va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarning avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tadbirkorlik subyektlarida doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy (mulk, ishonchnoma yoki ijara huquqi asosida) avtotransport vositalariga (dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi);
    • umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatini ko‘rsatayotgan (kuryer va “dostavka”) avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tadbirkorlik subyektlarida doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy (mulk, ishonchnoma yoki ijara huquqi asosida) avtotransport vositalariga (xodimlar uchun faqat har bir umumiy ovqatlanish korxonasiga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi);
    • Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli M1 toifadagi avtotransport vositalariga.
    Adliya vazirligi tomonidan quyidagi tashkilotlarning tegishli murojaatnomasiga asosan ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi:
    • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – ishlab chiqarish va texnologik jarayoni to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan korxonalarga;
    • “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi – gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga;
    • Bosh prokuratura huzuridagi departament – dehqon bozorlarining xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
    • Maxsus komissiyaning ko‘rsatmasiga asosan Adliya vazirligi tomonidan alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi mumkin.
    Avtotransport vositalarining tegishli toifalari bo‘yicha izoh:
    • M1 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari (oddiy yengil mashina).
    • M2 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari.
    • M3 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari
    • N1 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari;
    • N2 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan ortiq, lekin 12 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari;
    • N3 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 12 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari.

    Mavzuga doir: 

    • Toshkent shahar hokimligida saxovatpesha insonlarning yordamlarini yetkazib berish bo‘yicha markaz tashkil etildi
    • DXA 1-aprelgacha shaxsiy avtomobillardan ruxsatnomasiz foydalanish mumkinligini rad etdi

    31.03.2020, 09:15   Izoh (0)   137494
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Transport vazirligi cheklovning yuk mashinalari va agrotexnikaga taalluqli emasligini bildirdi

    31.03.2020, 08:46

    Shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma berishning yangi tartibi e’lon qilindi

    31.03.2020, 01:09

    Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini 10 mln so‘m bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

    31.03.2020, 00:30

    Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ish haqining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi

    30.03.2020, 23:11

    Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurash doirasida ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi (foto)

    30.03.2020, 22:24

    Qirg‘izistonda koronavirusdan dastlabki uch bemor sog‘aydi. Ularning bari o‘zbeklar

    30.03.2020, 21:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    Sport | 11 avgust, 10:09

    “Rossiya va Ukraina kelishuvi hech kimni xursand qilmaydi” — AQSH vitse-prezidenti

    Dunyo | 11 avgust, 09:57

    Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishni tiklashi mumkin

    Dunyo | 11 avgust, 09:48

    Model, xonanda, aktrisa: karyerasini shou-biznesdan boshlagan birinchi xonimlar (foto)

    Shou-biznes | 11 avgust, 09:38

    Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 09:25

    “Manchester Siti” futbolchisi “Everton”ga ijaraga beriladi

    Sport | 11 avgust, 09:18

    Tramp uysizlardan Vashingtonni tark etishni talab qildi

    Dunyo | 11 avgust, 09:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.