Kanadada Bu laqabli ayiq qishki uyqusidan uyg‘onib, qor ostidan chiqdi, deb yozadi Meduza.

Foto: Meduza

Ushbu jarayonni ayiqqa qarovchi xodim Nikol Gangnon videoga olgan. Aynan ushbu ayol ayiqni uyqudan turganidan so‘ng birinchi bo‘lib qarshi oldi:

“Haa, salom! Katta bolam o‘zimning, oying sen bilan faxrlanadi. Seni ko‘rganimdan xursandman”, — deydi Nikol.

Gangnon sakkiz yil davomida Buning uyqudan uyg‘onishini videoga olishga uringan, biroq har safar unga apparaturaning tayyor emasligi pand bergan.

Ayol ayiqni ko‘rib ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. “Unga kamera orqali emas, o‘z ko‘zim bilan qarayotganim juda ajoyib. U shunday baxtliki, qalbim qo‘shiq kuylayotganga o‘xshaydi. Bu joyidan turganida esa uning yuzida tabassumni ko‘rish mumkin. U xuddi ‘Salom, olam, men yana siz bilanman’, deyayotganga o‘xshaydi”, — deydi Nikol.