Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati ko‘chalarida karantin qoidalariga rioya qilmay, tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Farg‘ona viloyati IIB, Milliy gvardiya hamda Davlat sanitariya nazorat organlari hamkorligida 25-mart kuni tongdan Farg‘ona shahridagi holat o‘rganilganida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar aniqlandi. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga ko‘ra (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Fuqarolar, jumladan, xodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi kerak, karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanilmoqda. 25-mart kuni soat 06:00 dan boshlab shunday qoidabuzarlik qayd etilsa, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa, BHMning 3 barobari miqdorida jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 kishiga yetgan. Toshkent shahri hududi 24-martdan boshlab yopib qo‘yilgani, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston SSV ro‘zadorlarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi zilzila qayd etildi
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda