Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bittaga oshib, 60 nafarga yetgani haqida ma’lum qildi.

“Ushbu infeksiya Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda aniqlangan. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 59 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi davolanayotgan bemorlar orasida Toshkentdan tashqari Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar borligi, shuningdek, 2 nafar bemor Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida ma’lum qilgandi.