Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 24-mart kunidan boshlab “Darband” muntazam yo‘l-patrul maskanining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Shuningdek, viloyatda 23-mart kunidan boshlab yo‘nalishli yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
“Viloyatimiz hududida ayni vaqtda bo‘lib turgan boshqa viloyatdan tashrif buyurgan fuqarolarimizning yashash manzillariga yetib olishlari va yuk transport vositalarining harakatlanishlari bundan mustasnodir”, — deyiladi murojaatda.
YHXB mavjud karantin qoidalarini buzgan fuqarolar dastlab ma’muriy, so‘ngra jinoyat javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘rilishini eslatib o‘tgan. Fuqarolardan zarur bo‘lmagan hollarda ko‘chaga chiqmaslik, yo‘nalishsiz taksilardan narxlarni asossiz ravishda oshirmaslik so‘ralgan.
Mavzuga doir: Karantin vaqtida pasport rejimini buzgan va transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan fuqarolar jarimaga tortilmaydi
Izoh (0)