Daryo

Toshkent 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab yopiladi

Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga tatbiq etilmasligi ma’lum qilingan

1 daqiqa o‘qish411 112 ko‘rishlar0 izoh0

Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, Transport vazirligi tomonidan Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temiryo‘l) 2020-yilning 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi ma’lum qilingan.

Avvalroq 22-mart, yakshanba kuni, Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtiriyotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlanmoqda. 25-martdan boshlab niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi

Shuningdek, 22-martdan Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti — avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar