Hindistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus sharafiga Korona deb ism qo‘yildi, deb xabar beradi Deccan Herald.

Foto: Representative Image

Bu noodatiy ism Hindistonning Uttar Pradesh shtatidagi Sayora qishlog‘ida tug‘ilgan qizaloqqa “nasib etgan”. Chaqaloqning ota-onasi Korona ismi insonlarning COVID-19’ga qarshi birgalikda kurashish ramziga aylanadi degan qarorga kelgan.

Ismni tanlashda nafaqat chaqaloqning ota-onasi, balki boshqa oila a’zolarining ham ruxsati olingan. Ta’kidlanishicha, virus ko‘pchilikning o‘limiga sabab bo‘layotgan bo‘lsa-da, u insonlarni birlashishga chaqirib, umumiy kurashga ilhomlantirgan.