Braziliyadagi “Pakaembu” stadioni koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishga mo‘ljallangan ochiq osmon ostidagi shifoxonaga aylantirilmoqda.

Foto: Twitter

Associated Press’ning xabar qilishicha, 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion maydonida 200 dan ortiq xonaga ega vaqtinchalik shifoxona barpo etiladi. Qurilish ishlari 10 kun ichida tugatilishi kutilmoqda.

“Korintians”, “Palmeyras” va “San-Paulu” jamoalariga tegishli ushbu stadionning yonida San-Paulu shahridagi bir nechta yirik kasalxonalar joylashgan.

Ta’kidlanishicha, futbol bo‘yicha 2014-yilgi Jahon Chempionatini qabul qilgan deyarli barcha stadion maydonlari vaqtinchalik kasalxonaga aylantiriladi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

https://twitter.com/prefsp/status/1241861003370995712

24-mart holatiga ko‘ra, Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 1900 kishiga yaqinlashgan. 34 kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!