• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida uch pog‘ona ko‘tarildi. Toshkent esa aholisi eng optimist shahar

    Butun dunyoda Xalqaro baxt kuni sifatida nishonlanadigan 20-mart kuni baxtli mamlakatlar reytingi e’lon qilindi. Gallup tomonidan an’anaviy ravishda e’lon qilinadigan World Happiness Report 2020 reytingida O‘zbekiston 153 ta mamlakat orasida 38-o‘rinni egalladi. Bu 2019-yilgi ko‘rsatkichlardan uch pog‘ona yuqoriroq.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston MDHga a’zo davlatlar orasida yetakchi va 1-o‘rinni saqlab turibdi. Keyingi pog‘onalardan Qozog‘iston (umumiy reytingda 50-o‘rin), Tojikiston (71-o‘rin), Rossiya (73-o‘rin), Qirg‘iziston (74-o‘rin) joy oldi. Turkmaniston esa 95-o‘rinni band etdi.

    Reytingda uchinchi yil qatorasiga Finlyandiya yetakchilik qilmoqda. U eng baxtli davlat deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Lyuksemburg egallagan.

    Shuningdek, yetakchi davlatlardan Buyuk Britaniya 13-o‘rinni, Germaniya 17-o‘rinni, AQSh 18-o‘rinni, Fransiya 23-o‘rinni, Xitoy 94-o‘rinni egallagan.

    Hindiston, Malavi, Yaman, Botsvana, Tanzaniya, Markaziy Afrika Respublikasi, Ruanda, Zimbabve, Janubiy Sudan, Afg‘oniston reytingning quyi pog‘onalaridan joy olgan.

    Bu yilgi hisobotning avvalgilaridan farqli tomoni, unda har bir mamlakatning asosiy shaharlari aholisining hozirgi kundagi hayotidan qoniqishi va kelajakda ushbu shaharda yashash qanchalik yaxshi bo‘lishi haqidagi fikrlari o‘rganilgan.

    So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, Toshkent — aholisi eng optimist shahar deb topildi. So‘rovnomada qatnashgan O‘zbekiston poytaxti aholisi kelajakda ushbu shaharda yashash sharoitlaridan umidlari katta ekanligini bildirgan, oqibatda Toshkent kelajakdagi hayot reytingida 186 mamlakat poytaxtlari orasida 1-o‘rinni egallagan.

    Hozirgi kundagi hayotdan qoniqish bo‘yicha esa Toshkent 75-o‘rinda. An’anaviy tarzda dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Gallup so‘rovnomalarida har bir mamlakatdan 1000 ga yaqin 15 va undan katta yoshdagi aholi qatnashadi. So‘rovnomalar davlat tilida o‘tkaziladi.

    So‘rovnomalar asosida yuzaga keladigan global indekslar mamlakatning yalpi ichki mahsuloti, umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ozodlik, korrupsiya va boshqa ko‘rsatkichlar asosida tuziladi.

    World Happiness Report (Baxtiyorlik to‘g‘risidagi hisobot) BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘limi tomonidan har yili tuzib kelinadi. Ushbu hisobot va reyting 2012-yildan beri e’lon qilib boriladi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pog‘onaga yuqoriladi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishilgani ko‘rsatilgan
    • O‘zbekiston xavfsiz turizm bo‘yicha Insurly reytingida MDH davlatlari orasida 1-o‘rinda qayd etildi

    20.03.2020, 22:36   Izoh (0)   60229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 90 foizi — birinchi va ikkinchi kasallangan bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar

    20.03.2020, 22:04

    Toshkent shahar bosh imom-xatibi: “Bugun qarindoshga yaxshilik qilish — ularning oldiga bormaslik bo‘ladi”

    20.03.2020, 21:48

    O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopiladi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinadi

    20.03.2020, 21:22

    Buxoroda Nexia’ning gaz balloni portlab ketib, uch kishi halok bo‘ldi

    20.03.2020, 21:12

    Toshkentda hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqoblar sotayotganlar aniqlandi

    20.03.2020, 20:42

    Toshkent viloyati chegaralari ham, viloyatdan o‘tuvchi yo‘llar ham yopilmagani ma’lum qilindi

    20.03.2020, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.