“Joniga qasd qiluvchilar otryadi” (Suicide Squad) filmidagi Jokerning mashinasi ustida ish olib borgan Mayk Vetter kompaniyasi yagona nusxada yaratilgan Slash avtomobilini eBay’da sotuvga qo‘ydi. O‘zidan oldinga avlod — Corvette bazasida yaratilgan Slash’ning narxi 89 ming dollar turadi, deb xabar berdi Motor.

Foto: eBay

Slash’ni 450 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 dvigateli harakatga keltiradi. Avtomobil 20 dyuymli diskalar va yuqoriga ochiluvchi noodatiy eshiklar bilan jihozlangan. Slash bor-yo‘g‘i 2314 kilometr masofani bosib o‘tgan. Sotuvchilar unga 12 oy kafolat va’da qilmoqda.

Bir necha yillar oldin Vetter Suicide Squad filmidagi Joker personaji uchun Infiniti G35 Vaydor bazasida avtomobil yaratgan edi.

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay