Chevrolet Corvette ZR1 superkari 96 km/soat tezlikka 2,85 soniyada erisha oladi. Avtomobilning shu kunga qadar sir saqlangan texnik tavsiflarini Xarlan Charlz Corvette Blogger’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Motor”.

Foto: “Motor”

Shuningdek, superkar 160 km/soat tezlikka 6 soniyada erishadi. Ta’kidlash kerakki, ZR1 modelining avvalgi versiyasi 96 km/soat tezlikka 3,7 soniyada chiqardi. 620 ot kuchiga ega mashinaning maksimal tezligi soatiga 322 kilometrga teng edi.

Foto: “Motor”

Modifikatsiya qilingan ZR1 esa 765 ot kuchiga ega sakkiz silindrli 6,2 dvigateli bilan jihozlangan. Agregat yetti pog‘onali mexanik uzatmalar qutishi yoki sakkiz diapazonli “avtomat” bilan birgalikda ishlaydi.

Foto: “Motor”

Superkar karbon kapotga va old splitterlariga, bundan tashqari ikkita ort antiqanotlariga ega.