So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Moskvadan kelgan o‘zbekistonliklar karantinda sharoitlar yo‘qligidan shikoyat qildi

    18.03.2020, 20:09 106600

    Moskvadan Toshkentga yetib kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar Bo‘stonliq tumani “Qizilsuv” mahallasi “Sokol” sport-sog‘lomlashtirish markaziga 14 kunga karantinga olindi. Lekin fuqarolar u yerda sharoitlar yo‘qligidan shikoyat qilmoqda, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Karantinga olingan erkaklardan birining aytishicha, reys 17—18-mart kunlari Uzbekistan Airways va “Aeroflot” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan. U boshqa fuqarolar bilan birga 18-mart, chorshanba kuni, Qizilsuv darasi joylashgan sport-sog‘lomlashtirish markaziga kelgan. “Bizdan avval yana bir reys uchib kelgandi. Ularni bizdan oldin joylashtirib bo‘lishdi. Ya’ni bu yerda ikkita reysning yo‘lovchilari — taxminan 500 kishi bor”, — deydi u.

    Avvalroq Uzbekistan Airways chet ellik fuqarolarni Moskvaga va o‘zbekistonlik fuqarolarni Moskvadan Toshkentga olib kelish uchun 17-mart, seshanba kuni, Toshkent—Moskva—Toshkent charter reysni amalga oshirishi xabar berilgan edi.

    Ushbu reys 18-mart kuni o‘zbekistonliklarni Toshkentga olib kelgan “Aeroflot” tomonidan soat 3:17 da amalga oshirilgan. Ortga qaytishda aviakompaniya Moskvaga 282 nafar rossiyalikni olib ketishni rejalashtirgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Biz ertalab soat to‘rtlarda qo‘ndik. Samolyotdan chiqish juda uzoq vaqt oldi, odamlar bittalab chiqarildi. So‘ng nimadir purkashdi, nimaligi haqida hatto ogohlantirishmadi ham. Keyin esa trapdan tushishimiz bilan avtobuslarga joylashtirishdi. Ishchilarning barchasi tibbiy niqobda edi, lekin hamma yo‘lovchilar ham niqob taqmagandi, garchi ularga keyin niqoblar tarqatilgan bo‘lsa ham. Biz avtobusga o‘tirib kuta boshladik, bizga hech kim hech narsani tushuntirmadi. Haydovchidan “Sokol” sog‘lomlashtirish markaziga ketayotganimizni zimdan bilib oldik, lekin u yerda bizni qanday sharoit kutib turganidan bexabar edik”, — deydi u.

    Erkakning ta’kidlashicha, sog‘lomlashtirish markazi ko‘p miqdordagi odamlarni qabul qilishga tayyor emasdi.

    “Xonalar 5 kishiga mo‘ljallangan, 16 ta xona bo‘lgan bir qavatda ayollar va erkaklar uchun bittagina hojatxona va hammom bor edi. Ovqatlanish xonasi ham umumiy. Xonada isitish tizimi yo‘q, ishlamaydigan kichkinagina isitgich qurilmasi turibdi. Bu yerda kasal bo‘lishimizni hamma bilib turibdi. Bu yerda hamma bir biri bilan aloqada bo‘lyapti. Bu esa aksincha, koronavirus yuqishi uchun sharoit yaratadi. Obyekt yaqinda topshirilgani ko‘rinib turibdi, elektr simlar tarmog‘i o‘rnatilmagan, shunchaki tashqarida turibdi, xolos. Issiq suv bor, lekin ba’zan o‘chib qoladi”, — deya so‘zlarini davom ettiradi karantindagi erkak.

    “Oromgoh bir kun oldin ogohlantirildi”

    “Gazeta.uz” “Sokol” oromgohi direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Madina Rasulova bilan bog‘langan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oromgoh yozda ishlaydi, ammo karantin holatidan xabardor bo‘lgan.

    “Menga lager rahbariyati (direktor Sobir Xoliyev — tahr.) 500 ga yaqin odam karantinda ekanligi to‘g‘risida xabar berdi. Ular bilan hali hech kim gaplashmadi. Ular bilan gaplashishi mumkin bo‘lgan odamlar yo‘q. U yerda oshxona ishchilari va nari borsa yugurdaklik qiladiganlar ishlaydi, xolos. Farroshlik qilib kelgan ayollar karantin sababli ishlashni xohlamay bo‘shab ketdi. Mana, endi bularning barchasi aslida texnik xodim bo‘lgan erakaklar gardaniga tushdi. Ularni bu yerga olib kelganlar tomonidan hech narsa tashkillashtirilmadi. Hatto ular bilan gaplashib, tushuntirish beradigan odam ham yo‘q”, — deydi u.

    Uning so‘zlarga ko‘ra, “Sokol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, u yerda yozda dam olinadi. “Biror marta qishda u yerda ishlamaganmiz. Elektrga kelsak, kuchlanish tufayli hammasi “otiladi”. Uchta korpusning ikkitasi ishlaydi, chunki uchinchisini ham yoqsangiz, hammasi “uchadi”. Ovqatlanish xonasidagi 7 kishi 500 kishiga xizmat ko‘rsatadi. Kelganlar juda yaxshi sharoit va shu kabilarni kutgan bo‘lsa kerak, lekin ularni “Sokol”ga olib kelishgani bizning aybimiz emas. Menimcha, odamlarni bunga umuman qodir bo‘lmagan bolalar sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirish haqida qaror chiqargan odam buni tashkillashtirishi kerak edi”, — deydi direktor o‘rinbosari.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Madina Rasulovaning ta’kidlashicha, oromgoh yo‘lovchilarning karantinga joylashtirilishi haqida oldindan ogohlantirilmagan. “Xodimlar ikki kechadan beri uxlamayabdi, chunki oromgoh iyunda ochilishi kerak edi. U sentabrda yopildi va hozir ochildi. Odatda ta’mirlash ishlari aprel—may oylarida amalga oshiriladi. Odamlar bitta umumiy dush borligidan shikoyat qilmoqda. 48 kishiga 6 ta dush kabinasi va 6 ta sanuzel bor. Bu bolalar sog‘lomlashtirish markazi, pansionat yoki besh yulduzli mehmonxona emas”, — deydi u.

    “Sokol” sport-sog‘lomlashtirish markazi vakilining so‘zlariga ko‘ra, u oromgohga tashrifi chog‘ida Toshkent viloyati hokimligiga qishgi mavsumda isitish uchun imkoniyat yo‘qligini tushuntirgan. “U yerda hozir haqiqatdan ham sovuq, chunki bino devorlari betondan. Ularning har birining xonasiga 100 ga yaqin isitgichlar keltirildi”, — deydi Madina Rasulova.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Xabarda aytilishicha, oromgoh hududida 550 kishi bor. Ularning kelishi haqida oromgoh ma’muriyati bir kun avval xabardor qilingan.

    Tahririyat “Sokol” direktori Sobir Xoliyevdan izoh ololmagan.

    Toshkent viloyati ma’muriyati “Sokol” oromgohida karantinda saqlanayotgan fuqarolarning muammolarini eng qisqa vaqt ichida hal etishga va’da bergan. Shuningdek, Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tumani hokimlari hamda Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash vazirligining boshqaruv xodimlari muammoni hal etish uchun jo‘nab ketgan.

    Odamlarni qulayroq sharoitlarda joylashtirish rejalashtirilgan. Ular ikki kishidan joylashtiriladi va koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun tezkor testdan o‘tkaziladi.

    Mavzuga doir: 

    • Namanganga Latviya va Erondan uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirildi
    • Misrdan charter reys bilan olib kelingan o‘zbekistonliklar Navoiyda karantinga olindi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Bugun, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Bugun, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Bugun, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Bugun, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Bugun, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Bugun, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Bugun, 22:00

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    Bugun, 21:43

    Dunyoda vaboga chalinish holatlari ko‘paymoqda: Kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?

    Bugun, 20:43

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?