O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi mamlakatdagi diniy idoralarga diniy marosimlarni o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha murojaat bilan chiqadi.

“Bosh vazir Abdulla Aripov barcha diniy tashkilotlarga diniy yig‘inlarni vaqtincha o‘tkazmaslik bo‘yicha iltimos bilan murojaat etganini ma’lum qildi”, — deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.