Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Manbalarning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Avvalroq, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangani, u Toshkentda istiqomat qiluvchi ayol ekani, 11-mart kuni Fransiyadan qaytgani haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bemor ayolning barcha oila a’zolari tibbiy kuzatuvga olingan, shuningdek, u bilan birga bir reysda uchib kelgan 48 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi ham nazoratga olinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi