Daryo

Manba: Koronavirus aniqlangan o‘zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo‘lovchi Parijdan uchib kelgan

Flightradar24 ma’lumotiga ko‘ra, Uzbekistan Airways Parijdan Toshkentga so‘nggi ikki reysni 10 va 13-mart kunlari amalga oshirgan

1 daqiqa o‘qish171 874 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Davomi: Koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik ayol tufayli 150 kishi izolyatsiyaga olindi. Ularning to‘qqiz nafari ayolning oila a’zolari

Koronavirus bilan kasallangani O‘zbekistonda aniqlangan ilk bemor — ayol kishi, Toshkent shahridan. “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, u Fransiyada bir haftadan ortiq bo‘lib, so‘ng Vatanga qaytgan.

Manba ayolning aynan qachon O‘zbekistonga kelganiga aniqlik kiritmadi. Flightradar24 ma’lumotiga ko‘ra, Uzbekistan Airways Parijdan Toshkentga so‘nggi ikki reysni 10 va 13-mart kunlari amalga oshirgan.

14-martdan boshlab esa O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi bayoniga muvofiq, O‘zbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.

Koronavirusga chalingan ayol qaytgan reysda, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yo‘lovchi, shuningdek, ekipaj a’zolari bo‘lgan. “Ularning barchasi izolyatsiyaga olinmoqda”, — dedi manba. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.