Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy Tashqi ishlar vakili Chjao Litszyan koronavirusni Uxanga amerikalik harbiylar olib kelgan bo‘lishi mumkin, degan fikrda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Twitter / Lijian Zhao

Foto: Twitter / Lijian Zhao

“Ochiqchasiga ayting! O‘zingizning ma’lumotlaringizni e’lon qiling! AQSh buni bizga tushuntirib berishi kerak”, — deb yozgan xitoylik diplomat o‘zining Twitter’ida.

U bu taxminni AQSh kasalliklarni oldini olish markazi rahbari Robert Redfild Vakillar palatasida so‘zlagan nutqiga asoslanib aytgan. Robert Redfild o‘z nutqida grippdan vafot etgan bir necha amerikaliklarning jasadlari tekshirilganda ularning tanasida koronavirus topilganini aytgan.

Shuningdek, Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat dekabr oyida emas, 17-noyabrda aniqlangani ma’lum bo‘lgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligida bu ma’lumot tasdiqlanmagan. Vazirlik virusning kelib chiqishi bo‘yicha olimlar shug‘ullanishi lozimligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, olimlar ham kasallik haqidagi ma’lumotga o‘zgartirish kiritgan. Ular Lancet tibbiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda koronavirus epitsentri hisoblangan Uxan shahridagi kasalxonalarga yotqizilgan bemorlar ma’lumotlarini tahlil qilgan. Natijada, koronavirus inson tanasida 14 kundan ortiq saqlanib qolishi, infeksiyaga chalingandan keyin 5 haftadan ko‘proq yoki 37 kun ushlanib qolishi aniqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi