Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent xalqaro aeroportida 60 ming AQSh dollari miqdoridagi qalbaki pulni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, xorijdan uchib kelgan fuqaroning bezovtalanishi bojxonachilar e’tiborini tortgan va uning yuklari tekshirilganda 60 ming dollar yashirilganligi aniqlangan.

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida bu haqda ma’lum qilmagan, bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishda to‘xtatib qolingan ushbu valyutalarni sinchiklab ko‘zdan kechirish davomida kupyuralarning barchasi qalbaki ekanligi fosh bo‘lgan.

Buni qalbaki kupyuralarni aniqlaydigan valyuta detektori ham tasdiqlagan, kupyuralarning seriya raqamlari bir xil ekanligi ham ularning barchasi qalbaki ekanligini oshkor etgan.

Jinoyat kodeksining 176-moddasiga binoan qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Ayni vaqtda soxta dollarlar ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq qashqadaryolik fuqaro soxta pul yasab, bankdagi qarzdorligini “yopish”ga uringani, Toshkent viloyatida soxta kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Karlo Anchelotti: “Barselona”dan 5 ochko ortdamiz, biroq oldinda hali uzoq yo‘l bor 
Dunyo
NATO Ukrainadagi urushni tezda tugatishi mumkin, ammo bunday qilolmasligi sababi tushuntirildi
Shou-biznes
“Avatar: Suv yo‘li” filmi qahramonlarini ijro etgan aktyor va aktrisalar hayotda qanday ko‘rinishga ega? (foto)