Rossiya harbiy politsiyasining qismlari Idlib viloyatidagi Serakaba shahri hududiga kirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.
Suriyadagi o‘zaro dushman tomonlarni yarashtirish Rossiya markazi ushbu qarorning qabul qilinishga avtotransport va fuqarolarning to‘sqinliklarsiz strategik jihatdan muhim avtotrassalarda harakatlanishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Serakabda Suriya hukumati qo‘shinlari hamda Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan jangarilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda. Shahar bir necha marta goh u goho bu tomon ixtiyoriga o‘tgan.
2-mart tongida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqaraning Rossiya bilan Suriyada muammolari yo‘qligi va rus harbiylari turk armiyasining maqsadi emasligini bildirgandi.
Mavzuga doir:
- Turkiya Suriya qo‘shinlarining Aleppodagi aerodromiga zarba berdi
- Turkiya Suriya harbiy havo kuchlarining ikkita samolyotini urib tushirgani xabar qilindi
- Turkiya harbiylari 56 nafar suriyalik askar yo‘q qilinganini ma’lum qildi
- OAV: Turkiya harbiylari Idlibda Suriya otryadini yo‘q qildi
- Idlibga berilgan aviazarbalar oqibatida halok bo‘lgan turk harbiylarining soni 33 nafarga yetdi