• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “So‘kkanim rost, ammo hech kimga qo‘l ko‘tarmadim”. Mirishkor hokimi internetda tarqalgan audioga izoh berdi

    Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev bilan bo‘lgan muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovoz unga tegishli ekanligini tan olib, mazkur qilmishini mahalla raisining bepisand muomalasi bilan izohladi.

    Foto: “Daryo”

    — Mahalla raislaridan biri berilgan topshiriqni bajarmagani yetmagandek, bu holatga izoh so‘raganimda nopisand javob berdi. Qolaversa, charchoq holatida bo‘lganim uchun o‘zimni boshqarolmay so‘kib qo‘yibman, — deydi Baxtiyor Rajabov. — Men soliq tushumlari to‘g‘ridan to‘g‘ri budjetga tushishini, bizlarning oyligimiz ham shu pul hisobidan to‘lanishini tushuntirdim.

    Baxtiyor Rajabovning aytishicha, mazkur voqea 28-fevral, juma kuni, bo‘lib o‘tgan yig‘ilish so‘ngida sodir bo‘lgan. Bu paytda voqea joyida tuman soliq inspeksiyasi rahbari, moliya boshlig‘i bo‘lgan. Yig‘ilish esa budjet tushumlariga bag‘ishlangan.

    O‘sha kungi yig‘ilishda ishtirok etgan mahalla raislaridan birining ma’lumot berishicha, hokim yig‘ilishda 5-6 nafar mahalla raisini urgan. Hokimdan kaltak yegan mahalla raislari orasida deputat ham bo‘lgan.

    Mirishkor hokimi “Daryo” muxbirining audiyozuvda kimnidir urayotgani eshitilgani, kimga qo‘l ko‘targani haqidagi savoliga javob berar ekan, mazkur ovoz montaj qilib qo‘shilganini aytmoqda.

    — Yig‘ilishda so‘kinganim rost, ammo hech kimga qo‘l ko‘tarmadim, — deydi hokim. — Kimgadir qo‘l ko‘tarilgani aks etgan ovoz montaj qilib qo‘shilgan.

    Shuhrat Xo‘jayev, Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari

    Shuhrat Xo‘jayev, Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari
    Foto: “Daryo”

    Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Shuhrat Xo‘jayev ham voqea sodir bo‘lgan payt voqea joyida bo‘lganini aytib, hokimning mahalla raislariga qo‘l ko‘targanini rad etmoqda.

    — O‘sha kuni voqea joyida men ham bor edim, hokim hech kimga qo‘l ko‘tarmadi, — deydi Shuhrat Xo‘jayev. — Qolaversa, hokimning haqoratli so‘zlari barchaga emas, bir kishiga qaratilgandi.

    Mirishkor hokimi va matbuot kotibi haqoratli so‘zlar aynan bir kishiga qaratilganini aytsa-da, uning kim ekanligini eslolmadi.

    Ismi ochiqlansa, unga bosim o‘tkazilishidan qo‘rqqan raisning ma’lumot berishicha, 28 fevraldagi yig‘ilish o‘sha kuni kechasi soat 8:00 dan 12 gacha davom etgan.

    — Mahalla raislarini tuman hokimligiga kechki payt soat 8:00 ga  chaqirishgandi, bordik. Yig‘ilish fermerlardan tushayotgan soliq tushumlari haqida bo‘lib, MMTP raislari ham ishtirok etayotgan  ekan, — deydi yig‘ilishda ishtirok etgan mahalla raisi. — Fermerlar bilan bo‘lgan yig‘ilishni biz ham eshitib o‘tirdik. Yig‘ilish kechasi 22:30 gacha davom etdi. Hokim yig‘ilishni tugatib chiqib ketdi. Hammasi joyida edi, fermerlarni so‘kmadi. Yig‘ilish tugagach, ketishga chog‘landik, shunda Jamshid va Jahongir ismli mas’ullar ketmay turishimizni, hokim biz bilan ham soliq tushumlari haqida gaplashishini aytdi.

    Shaxsi sir qolishini so‘ragan mahalla raisining qo‘shimcha qilishicha, hokimning chegaradan chiqishiga viloyat pochta boshlig‘ining mahalla raislariga qilgan e’tirozi sabab bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    — Kechasi soat 11 da yana yig‘ilish boshlandi, yig‘ilishga kirib kelgan viloyat pochta boshlig‘i Orif aka mahalla raislari soliq tushumlarini bajarmayotganini aytib, e’tiroz bildirdi, — deydi mahalla raisi. — Shunda yig‘ilishga kirib kelgan katta (hokim nazarda tutilmoqda. Tahririyat)ning jahli chiqib, hammani so‘kib ketdi. 5-6 ta mahalla raislarini urdi ham. Ahmad ismli rais qovurg‘asi singanini aytdi.

    Mahalla raislari haqorat qilingan yig‘ilishda qatnashgan viloyat pochta boshlig‘i Orif Mahmudov mahalla raislariga har oy 10 million so‘mdan soliq tushumlarini topshirish majburiyatini qo‘ygan.

    — Viloyat pochtasi boshlig‘i Orif aka mahalla raislariga har oy 10 million so‘mdan soliq tushumini qilasizlar deb talab qo‘ydi, — deydi suhbatdosh rais.

    Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq mazkur holatga izoh bergan viloyat hokimligi “audioda turli xil uyatli so‘zlar bilan yig‘ilganlarni “siylagan” tuman hokimi ekanligi aniq, buni inkor etish fikridan yiroqmiz. Bu borada ichki tartibda chora ko‘rish bilan cheklanish ham mumkin edi. Ammo qonuniy ravishda chora ko‘rilishi, “Nega oddiy xalq xato qilsa, jazo yoki jarima, hokim xato qilsa, kechirim?” kabi tabaqalashtiruvchi gap-so‘zlar kelib chiqmasligi tarafdorimiz”, degandi. Bosh prokuratura esa mazkur holat o‘rganilayotgani haqida bayonot bergandi.

    Mavzuga doir: Mirishkor tumani hokimining haqoratli so‘zlar ishlatilgan audioyozuvi tarqaldi. Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

    02.03.2020, 23:27   Izoh (0)   84663
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda fevral oyi uchun “Palov indeksi” ma’lum qilindi

    02.03.2020, 22:26

    Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    02.03.2020, 21:56

    O‘zbekiston banklari savdo nuqtalaridagi terminallar orqali qilingan to‘lovlardan 0,2 foiz komissiya olishni boshladi

    02.03.2020, 21:25

    Mirishkor tumani hokimining haqoratli so‘zlar ishlatilgan audioyozuvi tarqaldi. Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

    02.03.2020, 20:56

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

    02.03.2020, 20:12

    Shavkat Mirziyoyev 1-apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Propiskasizlar uchun alohida boj bekor qilinadi

    02.03.2020, 19:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.