Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov (12-3-1, 6 KO) professional ringdagi navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 29-fevral tongida Las-Vegasda o‘tkazdi.
Rahmonov ushbu jangda Keyt Hanter (12-0-0, 7 KO) bilan bahsga kirishdi. Qayd etish joiz, bu Rahmonov uchun revansh jang hisoblanardi. Sanjar 2019-yil 5-aprelida Hanterga ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bu safar ham Rahmonov raqibiga ochkolar hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qayd etish joiz, Sanjar 3-raundda nokdaun holatiga ham tushib qoldi.
Izoh (0)