• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Mag‘rurlik kambag‘allar uchun hashamatdir”. “Shaxmat novellasi” haqida

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Stefan Sveygning “Shaxmat novellasi” haqida hikoya qiladi.

    Fleshbek

    Bolaligimdan shaxmatga juda qiziqaman, kutubxonalardan Muhiddinov familiyali insonning shaxmat haqidagi kitoblarini olib kelib o‘qirdim. Buyuk shaxmatchilar o‘rtasida bo‘lgan o‘yinlarni o‘sha kitoblarda yozilgan formulalar asosida shaxmat doskasida jonlantirib o‘tirardim. Quyida tahlil qilinadigan asarni ham aynan o‘sha davrlarda katta qiziqish bilan o‘qiganman.

    Asar haqida

    “Shaxmat novellasi” avstriyalik yozuvchi Stefan Sveygning so‘nggi va eng mashhur asaridir. Asar 1938–1941-yillarda Braziliyada yozilgan bo‘lib, 1942-yil 7-dekabrda Buenos-Ayresda 300 nusxadagi cheklangan nashrda paydo bo‘lgan.

    “Shaxmat novellasi” filmidan kadr

    “Shaxmat novellasi” filmidan kadr

    Kitobning yevropalik o‘quvchilarga taqdim etilgan birinchi nashri 1943-yil dekabr oyida Stokgolmda joylashgan Gotfrid Bermann Fisher nashriyotida bosilgan. Asar ingliz tilida birinchi marta 1944-yil Nyu-Yorkda nashr etilgan. 1974-yil Germaniyada kitobning cho‘ntak nashri paydo bo‘lganidan beri “Shaxmat novellasi” uzoq vaqtdan beri eng ko‘p sotilgan kitoblardan biri bo‘lib qolmoqda. Asarning 1,2 milliondan ortiq nusxasi sotilgan.

    Syujet

    Nyu-Yorkdan Buenos-Ayresga jo‘nayotgan yirik okean kemasining yo‘lovchilari orasida shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Mirko Chentovich ham bor. Hikoyachining do‘sti aytgan ma’lumotga ko‘ra, Mirko o‘n ikki yoshda yetim qolgan. Uzoq yugoslav qishlog‘idan kelgan bir rahmdil ruhoniy uni boqib oladi. Bola tentak, qaysar va tili kelishmagan edi. Uning miyasi eng oddiy narsalarni ham o‘zlashtira olmasdi. Mirkoning shaxmat o‘ynashdagi g‘ayrioddiy qobiliyati esa tasodifan kashf etiladi. U ruhoniyni, uning qo‘shnisini va qo‘shni shaharning shaxmat shinavandalarini ham ko‘p bora mag‘lubiyatga uchratadi.

    Olti oy davomida Venada shaxmat o‘yinining bilimdonidan saboq olgan Mirko hech qachon doskaga qaramay o‘ynashni o‘rgana olmaydi, chunki u avvalgi harakatlarini eslay olmasdi. Ammo bu kamchilik Mirkoning muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qilmaydi. O‘n yetti yoshida u o‘nlab sovringa ega bo‘ladi, o‘n sakkiz yoshida  Vengriya chempioni, yigirma yoshida esa jahon chempioni unvonini oladi.

    Shubhasiz, undan aql-idrok, tasavvur va jasoratda kuchli bo‘lgan o‘yinchilar ham uning temirdan bo‘lgan sovuq mantiqiga qarshi tura olmasdi.

    Shu bilan birga, u faqatgina shaxmat bilan cheklangan yigit bo‘lib qoladi. U iste’dodi va shon-shuhratidan foydalanib, mayda ochko‘zligini namoyish qilib, iloji boricha ko‘proq pul topishga harakat qiladi. Ko‘p oylar davomida bitta ham o‘yinda yutqazmadi.

    Kemada shaxmat muxlislari talaygina edi, ularning orasida tog‘ muhandisi Skot MakKonnor ajralib turardi. MakKonnor har qanday mag‘lubiyatni mag‘rurligiga zarba sifatida qabul qiladigan, o‘ziga ishongan boy odamlarning toifasiga kirardi. MakKonnor bir vaqtning o‘zida kemadagi barcha shaxmat muxlislariga qarshi seans o‘ynash uchun chempionni katta haq evaziga ko‘ndirishga harakat qiladi. Chempion esa barcha havaskorlar unga qarshi bitta doskada o‘ynashlarini taklif etadi.

    “Shaxmat novellasi” filmidan kadr

    “Shaxmat novellasi” filmidan kadr

    Ushbu partiya havaskorlarning to‘liq mag‘lubiyati bilan yakunlanadi. MakKonnor revansh talab qiladi. Chentovich rozi. O‘n yettinchi yurishda havaskorlar uchun qulay pozitsiya yaratiladi. MakkKonnor piyodani urib olishga qo‘l uzatganida to‘satdan uni qirq besh yoshlardagi ozg‘in va yuzi oqarib ketgan odam uni to‘xtatib qoladi. U bu yurish qilinsa, o‘yin mag‘lubiyat bilan tugashini bashorat qiladi. O‘yinchilar hayratda qoladi, chunki faqat yuqori darajadagi o‘yinchigina to‘qqizta harakatda nima bo‘lishni taxmin qila oladi... Bu sirli inson kim? Uning chempionga qarshi o‘yini qanday kechadi?

    Tahlil

    “Shaxmat novellasi”da Sveyg o‘quvchilariga tom ma’noda bo‘lmasa-da, o‘xshatish va qiyoslashlar orqali natsist Germaniyasi yurt va millat ongiga qanchalik darajada sotsial va psixologik ta’sir ko‘rsatganini anglatishga urinadi.

    Jimjitlik va yolg‘izlikka mahkum inson, hech kim bilan uchrashtirilmasdan o‘tkazilgan soatlar va kunlar. Zamon, vaqt o‘lchovini yo‘qotish orqali his qilingan ruhiy kemtiklik. Tutqunning yashash sharoitida bor narsalar: to‘rt devor, yotoq joy, unitaz, kichik oyna va vaqti-vaqti bilan uni so‘roq qiladigan zobitlar. Bir chekkaga surib qo‘yilgan, hech kimning yetti uxlab tushiga ham kirmaydigan qiynoq orqali inson ruhiyatiga chizilgan chizgilar. Ruhiy cho‘kishga sabab bo‘luvchi muntazam so‘roqlar va kamsitishlar.

    Sveygning bu asari ruhiy bosimlardan ezilgan insonning harakatlari va tushunchalarini bizga juda nozik tahlil orqali yetkazib beradi.

    Mirko Chentovich va Dr.B. orasida uyushtirilgan shaxmat musobaqasi katta hayajon bilan o‘quvchiga taqdim etiladi. Mirkoning miyasi sekin ishlaydi, darsdagi eng oson mavzular uchun bosh qotiradigan darajada ham zehni yo‘q. O‘n to‘rt yoshida ham hisob-kitob uchun barmoqlaridan foydalanadi. U shaxmatda juda mohir bo‘lgani uchungina atrofdagilar tomonidan aqlli deb topilgan. Ammo aql va bilim o‘rganish, o‘rganilganlardan mohirona foydalana bilish qobiliyatidir. Mirkoning birdan-bir qobiliyati esa shaxmat edi. Yozuvchi bu o‘rinda bizga o‘zi hozirlagan ironik dunyo bilan zavq bera oladi. O‘ylab qolamiz: Mirko ahmoqmi yoki aqlli? Bu nuqtada yozuvchi jaholat va bilimsizlik haqida ancha vaqt bosh qotirganini va bizni yuqoridagiday qarama-qarshi fikrlar orasida qoldirish istagini kuzatishimiz mumkin.

    Asarning yana bir asosiy qahramoni Dr.B. esa Mirkoga teskari xarakterdagi inson: oliy ma’lumotli, bilimli, hayotiy tajribasi ancha yuqori. Qamoqda unga nisbatan uyushtirilgan ruhiy azob natijasida aqldan ozish ostonasiga kelib qolgan bir paytda bexosdan qo‘lga kiritgan bir kitob orqali ruhiyatini asrab qola oladi. Bu shaxmat haqidagi kitob bo‘lib, kun-u tun o‘zi bilan o‘zi muntazam shaxmat o‘ynash orqali egallagan shaxmat mahorati asar o‘quvchisini lol qoldiradi. Bu ikki qahramon yo‘llari bir yo‘lovchi kemasida kesishadi va biz ular orasida o‘tkazilgan shaxmat o‘yini mobaynida yozuvchining mukammal ruhiy tahlili va psixologik chizgilaridan bahra olishimiz mumkin.

    Xulosa

    Asarni o‘qir ekanmiz, inson zoti eng umidsiz paytlarda ham o‘zligi va ruhiyatini qutqarib qolish uchun tirishishini, ammo boshdan o‘tkazilgan har soniya inson ruhiyatida izsiz qolmasligini ko‘rishimiz mumkin. Go‘yoki shaxmat o‘yini va Sveyg o‘quvchiga yetkazib berishga intilgan fikrlarida simvolik qiyoslama va o‘xshatishlar borday.

    “Shaxmat novellasi” filmidan kadr

    “Shaxmat novellasi” filmidan kadr

    Bir nafasda o‘qishingiz mumkin bo‘lgan bu kitob yuzyillikning eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi. Hech bir asarda inson ruhiy dunyosiga qilingan bunchalik chuqur sho‘ng‘ishni his etmaganman. O‘qimaganlarga qisqa fursatda o‘qib chiqishni tavsiya qilaman.

    Iqtiboslar

    Agar sizning miyangiz dunyoda bir paytlar Rembrandt, Betxoven, Dante va Napoleonlarning yashaganini bilmasa, siz o‘zingizni buyuk odam deb hisoblashingiz juda oson;

    ...o‘zingizga qarshi o‘ynash o‘z soyangizdan sakrab o‘tishga o‘xshashdir;

    Shaxmatchilar ham matematiklar, shoirlar va bastakorlarday juda iqtidorli odamlardir, faqat ular boshqacha yo‘nalishdagi tasavvurga, qat’iyatlilikka va aniqlik mahoratiga ega bo‘lgan maxsus daholardir;

    Mag‘rurlik kambag‘allar uchun hashamatdir.

    Qiziqarli faktlar

    - Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Mixail Botvinnikning so‘zlariga ko‘ra, asardagi shaxmatchi Mirko Chentovich obrazi Robert Fisher kabi shaxmatchining paydo bo‘lishi haqidagi bashorat bo‘lgan, ammo Botvinnikning o‘zi ham ular o‘rtasidagi jiddiy farqni ta’kidlagan: “Mirko Chentovich juda zerikarli shaxmat o‘ynaydi, Fisher esa juda qiziq edi”.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida
    • “Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida
    • “Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida
    • O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida
    • “Qancha urinma, og‘ritganda og‘riydi”. Xaruki Murakamining “Norvegiya o‘rmoni” romani haqida
    • Xolokost dahshatlari yosh bolakay ko‘zi bilan. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida
    • Daydi bola daftari. Dikkensning “Oliver Tvist” romani haqida
    • “Ayol yig‘lay olmasa, bu dahshatli narsa”. “Shamollarda qolgan hislarim” romani haqida
    • “Ochlik hatto sherlarni ham yuvosh qilib qo‘yadi”. “Robinzon Kruzo” romani haqida

    18.02.2020, 17:37   Izoh (0)   63460
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.