Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiya 18-fevral, seshanba kuni, amaliy tashrif bilan Toshkentga keladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etishlaricha, tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar, Energetika, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida va boshqa idoralarda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
“Vengriya delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi va O‘zbekiston—Vengriya biznes-forumida ham ishtirok etadi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)