26-dekabr kuni xalqaro press klubning partiya liderlari bilan saylovning dastlabki natijalariga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyada partiya liderlari, vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi lideri Ulug‘bek Inoyatov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi lideri Alisher Qodirovning deputatlikka saylana olmaganiga quyidagicha izoh berdi:

“Alisher Keldiyevichning deputat sifatida saylana olmaganligiga uning populistligi asosiy sabab bo‘ldi. Saylov kampaniyasi davomida ham uning rahbarligi ostidagi partiya faqat populizm bilan shug‘ullandi”.

Foto: “Daryo”

Uning ushbu fikriga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi lideri Alisher Qodirov “Populizm bu xalqqa xizmat qilishdir”, deya javob qaytardi.

Avvalroq partiya rahbarlari orasida faqat “Milliy tiklanish” yetakchisi Alisher Qodirov bir urinishda deputatlikka saylana olmagani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis deputatligi uchun takroriy ovoz berish 22 emas, 25 okrugda o‘tkaziladi. Saylov 5-yanvarda bo‘ladi.