Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) Toshkent vaqti bilan 15-fevral tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Foto: Twitter

Meliqo‘ziyevga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban (25-5-1, 16 KO) raqiblik qilishi va Bektemir unga qarshi o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq Periban jangga bir kun qolganda o‘zini yomon his qilgan. Va jangni o‘tkaza olmasligini ma’lum qilgan. Qayd etish joiz, ikkala bokschi ham tarozidan o‘tib bo‘lgandi.

Endi Bektemirga professional boksdagi beshinchi jangida meksikalik 26 yoshli Oskar Kortes (27-5-0, 14 KO) raqiblik qiladi. Jang AQShning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur to‘qnashuv tonggi soat 06:00 larda boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi o‘zining so‘nggi jangini 2019-yil, 13-dekabrida o‘tkazib, unda amerikalik Aleksander Vonni (15-4, 9 KO) mag‘lub etgandi.

Ushbu jang translyatsiyasi va to‘liq videosini Telegram’dagi @Ufcboxuz kanalida tomosha qilishingiz mumkin.