Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) Toshkent vaqti bilan 15-fevral tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Meliqo‘ziyevga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban (25-5-1, 16 KO) raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.
Mazkur to‘qnashuv tonggi soat 06:00 da boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi o‘zining so‘nggi jangini 2019-yil, 13-dekabrida o‘tkazib, unda amerikalik Aleksander Vonni (15-4, 9 KO) mag‘lub etgandi.
Izoh (0)