Vazirlar Mahkamasining 14-fevraldagi qaroriga muvofiq Dilorom Toshmuhammedova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hukumat huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimidan ozod qilindi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Daryo”

Dilorom Toshmuhammedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” markazi direktori lavozimida 2018-yil 12-sentabrdan buyon ishlab kelayotgan edi. U 2007—2015-yillarda Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lib faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 88-moddasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatning doimiy asosda ishlovchi a’zolari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.