O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov (24-6, 15 KO) Toshkent vaqti bilan 19-aprel sanasida UFC’dagi uchinchi jangini o‘tkazadi.

Foto: Instagram

UFC 249 musobaqasi doirasida o‘tadigan jangda Murodovga mezbon Karl Roberson (9-2, 6 KO) raqiblik qiladi. Kechaning asosiy jangi esa Habib Nurmagomedov hamda Toni Fergyuson o‘rtasida o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Murodov UFC’dagi uchinchi jangida braziliyalik Antonio Karlos Juniorga (10-4) qarshi ringga chiqishi haqida xabar berilgandi. Biroq Juniorning jarohati sabab 14-marta o‘tishi kerak bo‘lgan jang bekor qilingandi.

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4, 9 KO) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10, 10 KO) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Yanada ko‘proq MMA yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, @UFCBOXUZ’ga obuna bo‘ling!