Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining yarim finalida “Inter” va “Napoli” jamoalari 12-fevral, chorshanba kuni bahs olib bordi.
Yarim finalning dastlabki uchrashuviga Milandagi “Juzeppe Meatssa” stadioni mezbonlik qildi. 57-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Fabian Ruis tomonidan kiritilgan to‘p uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi.
Shu tariqa Jennaro Gattuzo shogirdlari safardagi o‘yinda g‘alaba qozondi. Mazkur juftlik o‘rtasidagi javob o‘yini 5-mart kuni Neapolda bo‘lib o‘tadi.
13-fevral, payshanba tunida “Milan” va “Yuventus” ikkinchi yarim final bahsida ishtirok etadi.
Italiya Kubogi
Yarim final, ilk o‘yin
12-fevral, chorshanba
“Inter” — “Napoli” 0:1
Gol: 0:1 — 57 Fabian Ruis.“Inter”: Padelli, Bastoni, de Vrey, Shkrinyar (D`Ambrozio, 46), Biragi, Brozovich, Barella, Sensi (Eriksen, 66), Mozes (Sanches, 74), Martines, Lukaku.
“Napoli”: Ospina, Manolas, Maksimovich, Mariu Ruy, Di Lorenso, Fabian Ruis, Elmaz, Demme, Zelinski (Allan, 82), Kalexon (Politano, 78), Mertens (Milik, 73).
Ogohlantirishlar: Shkrinyar (3), Manolas (51), Mariu Ruy (77).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)