• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “O‘zmilliybank”da “Bank boshqaruvi raisi va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Davlat boshqaruvi tizimida yangicha qarashlar, rivojlanishining innovatsion yangi usullari, yangi fikrlar-u takliflar davri, qisqa qilib aytganda, O‘zbekiston yangilanmoqda. Ta’kidlash kerakki, jahon hamjamiyatida ham shakllanib ulgurgan “Yangi O‘zbekiston” atamasi o‘z nomini oqlamoqda. Endi yurtimizga – yurtimizda, qarashlar yangicha.

    Prezidentimiz o‘tgan yilning 27-dekabr sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda bir guruh faol yoshlar bo‘lib o‘tgan bilan uchrashuvda ham “Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, – deya ta’kidlagan edi.

    Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm ishlab chiqilmoqda. Joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim o‘rinbosari etib tayinlanganligi, yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit-qiz saylanganligi, mahalliy kengashlarda g‘alaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoshlar tashkil etishi fikrimizning yaqqol dalilidir.

    Aytish joiz, mustaqillikning ilk davrlaridanoq mamlakatning ijobiy iqtisodiy imijini yaratishda alohida o‘rin tutib kelayotgan, yurtimizning eng nufuzli tijorat banklaridan biri bo‘lgan “Tashqi iqtisodiy faoliyat O‘zbekiston Milliy banki” AJ tizimida ham filial va bo‘lim rahbarlari etib yosh xodimlarni tayinlash tajribasi mavjud. Bosh ofis departament direktorlarining 4 nafari, direktor o‘rinbosarlarining 10 nafari 35 yoshgacha bo‘lgan xodimlardir.

    Bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar soni ham ortib bormoqda. Bugungi kunda mazkur tashkilot tizimida 5800 dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shulardan 32 foizi yoshlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Raqamlarda esa mazkur ko‘rsatgich 2100 ga yaqin xodim yoshlardan iborat ekanligini ko‘rsatmoqda.

    Joriy yilning 10-fevral kuni “O‘zmilliybank” AJ bosh ofisida bo‘lib o‘tgan “Bank boshqaruvi raisi va yoshlar” uchrashuvida “O‘zmilliybank” tizimida faoliyat yuritib kelayotgan, bankning viloyat hamda Toshkent shahri filiallaridan tashrif buyurgan 60 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

    Ma’rifatparvar bobomiz Fitrat ta’kidlaganidek, “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”. Uchrashuvga yig‘ilgan yoshlarda yuqorida aytilgan barcha xislatlar yaqqol ko‘zga tashlandi. Jumladan, ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda navqiron avlod vakillari bank rivojiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, yangi innovatsion takliflarini aytishdi. Bank boshqaruvi raisi ularning takliflari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, istiqbolli rejalarni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    “O‘zmilliybank” tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar malakasini oshirish maqsadida qator interaktiv loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, bank boshqaruvining 2019-yil 6-maydagi 67-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, “O‘zmilliybank” tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “English conversation” (“Ingliz tilida suhbatlashamiz”) loyihasi o‘tkazilgan edi. Tanlovda “O‘zmilliybank” tizimi bo‘yicha 415 nafar xodim ishtirok etdi. Mazkur loyihada g‘olib bo‘lgan va faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlarga bank boshqaruvi raisi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

    • “Learning is hard but life without knowledge is even harder”. Ya’ni bilim olish qiyin, ammo bilimsiz hayot undanda qiyin. Men doimo mazkur shiorga amal qilishga harakat qilaman va doimiy tarzda o‘z bilim va ko‘nikmalarimni oshirib boraman, — deydi “English conversation” loyihasining 3-o‘rin sohibi, “O‘zmilliybank” Farg‘ona viloyati filiali xodimi Ozoda Yusupova. – ingliz tiliga qiziqishim yuqori bo‘lgani, til bilgan insonga muvaffaqiyat eshiklari ochilishi sababli bugungi kunda ham ingliz tilidagi bilimlarimni mustahkamlab, qo‘shimcha chet tillarini ham o‘rganmoqdaman. Bugungi uchrashuvdan ham o‘zim uchun foydali bo‘lgan bilimlarni oldim”
    “Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil”, degan edi mavlono Rumiy. Ko‘ngil ko‘zimizni ravshan qiluvchi eng asosiy omillardan biri bu – kitob mutolaasidir. Darhaqiqat, inson o‘zi faoliyat yuritayotgan sohada yuqori natijalarga erishishi, istiqbolli rejalar ustida bosh qotira olishi uchun dunyoqarashi keng, fikrlashi teran bo‘lishi kerak. “Inglizzabon yosh xodimlar” qatorida bank tizimida o‘z tirishqoqligi va sog‘lom fikrlari bilan muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yoshlarga ham qimmatbaho sovg‘alar hamda o‘zbek va jahon adabiyoti durdona asarlari to‘plamlari topshirildi.

    Ko‘tarinki ruhda boshlangan uchrashuv yangi taklif-mulohazalar, qizg‘in bahs-munozaralar bilan yakun topdi. Yoshlar o‘zaro tajriba va fikr almashibgina qolmay, rejalashtirilgan g‘oyalar ro‘yobi uchun yangi motivatsiyaga ega bo‘ldi.

    Reklama huquqi asosida.

    12.02.2020, 15:00   Izoh (0)   27339
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Endi “Manzara” turar joy majmuasidagi xonadonlarni kreditga olish imkoniyati mavjud!

    12.02.2020, 12:00

    Ayol bo‘l — nazokatli bo‘l: erkaklarga ikki og‘iz so‘z!

    12.02.2020, 09:00

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining unitar korxonadan aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etilishi rivojlanishning yangi ufqlarini ochmoqda

    11.02.2020, 18:00

    “Atlas Mebel”dan “Piyoda keling” aksiyasi

    11.02.2020, 15:00

    “Huvaydo” turar joy majmuasi tayyor uylardagi shinam va keng xonadonlarni e‘tiboringizga havola etadi!

    11.02.2020, 12:00

    Yigitligim qaydasan: Cheksiz energiyani qayta his eting!

    11.02.2020, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 68 mlrd dollardan oshdi

    Iqtisodiyot | 6 iyul, 19:30

    “Manchester Siti” “Inter” himoyachisi bilan muzokara boshladi

    Sport | 6 iyul, 18:57

    “Xitoy Rossiyadan NATOga hujum qilishni so‘rashi mumkin” — Mark Ryutte

    Dunyo | 6 iyul, 18:55

    Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik aloqalarini tikladi

    Dunyo | 6 iyul, 18:07

    Qirg‘iziston rossiyaliklarga fuqarolik berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 6 iyul, 17:10

    Ilon Mask o‘zining “Amerika” partiyasini tuzdi

    Dunyo | 6 iyul, 16:35

    “Manchester Yunayted” “Chelsi” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda

    Sport | 6 iyul, 16:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.