Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Besh yil oldin vafot etgan, mumiyolangan odam jasadi Moskva markazidagi xonadondan topilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “Moskovskiy komsomolets”

Foto: “Moskovskiy komsomolets”

Taxminlarga ko‘ra, erkak 2014-yil dekabr oyida vafot etgan. Tergovchilar holat yuzasidan surishtiruv va tekshiruv ishlarini boshlagan.

“Moskovskiy komsomolets” gazetasi ma’lumoti bo‘yicha, o‘lgan odam fransiyalik oqsuyak markiz de Lafit de Pelpor avlodi bo‘lgan 79 yoshli Sergey Pelpor bo‘lgan.

Qo‘shnilarning hikoya qilishicha, ko‘p qavatli uyning yo‘laklarida uch-to‘rt yildan beri qo‘lansa hid bo‘lgan. Ular ushbu hid it boquvchi xonadon egalarining hayvonlaridan anqiydi deb hisoblagan. Keyinchalik bunga itlar sabab emasligi aniqlangach, politsiyaga murojaat qilingan. Yakunda kvartirada o‘lgan markizning jasadi borligi ma’lum bo‘lgan.

Markizning qarindoshlari u ruhiy sog‘lom bo‘lmaganini bildirgan. U o‘zini ta’qib qilishayotgani haqida ko‘p gapirgan. Shu sababli 10 yil davomida yaqinlari bilan umuman muloqot qilmagan. Olimning oilasi ham farzandlari ham bo‘lmagan.

Sergey Dmitriyevich ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘lgan va Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida avtomatik boshqaruv kafedrasida ishlagan. Dotsent ilmiy unvoniga ega olimni hamma hurmat qilgan.

Marhumning bobokaloni — Lui de Lafit de Pelpor (Parijda ushbu oqsuyaklar familiyasi nomi bilan atalgan metro bekati ham bor) hisoblanadi. Napoleon Rossiyaga yurish qilgan vaqtda Lui Vitebsk bo‘yida yaralangan va asirga tushgan. Markiz urushdan so‘ng Rossiyada yashab qolgan va bu yerda nemis ayoliga uylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)