AQShning Sharqiy sohiliga sovuq havo oqimi kirib keldi — Luiziana, Janubiy va Shimoliy Karolinada, Jorjiya shtatida harorat o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastladi, deb yozmoqda Meduza.
Qayd etilishicha, Floridaning ayrim hududlarida havo harorati -1 darajagacha sovudi. Bu AQShning janubi-sharqiy qismi uchun juda sovuqdir. Ammo Floridadagi Milliy meteorologik xizmati e’lon qilgan xabar sovuqdan ham qo‘rqmagan odamlarni hayratda qoldirdi.
Unda aytilishicha, shtat aholisi boshiga nafaqat qor, balki iguana kaltakesaklari ham tushishi mumkin. Ushbu hayvonning kattaroqlari uzunligi yarim metr, og‘irligi esa 9 kilogrammga yetishi mumkin.
Iguana kaltakesaklari sovuqqa chidamsiz bo‘lib, hatto +7 daraja harohatda ham uyquga ketadi. Ular ko‘pincha daraxtlarda uxlaydi. Aynan shu sababli sinoptiklar “iguanalar yomg‘iri”dan ogohlantirmoqda.
Bunda ular o‘lganga o‘xshab ko‘rinadi, aslida esa ular nafas oladi. Shunga qaramay, uzoq vaqt sovuq bo‘lishi iguanalar, ayniqsa, eng kichkinalarining hayotiga xavf tug‘diradi.
Izoh (0)