“Roskosmos” Oydan tuproq olib keluvchi “Luna-28” kosmik kemasi yaratilishiga 594 million rubl sarflaydi. Bu haqda davlat xaridlari saytida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“RIA Novosti”ning qayd etishicha, Oyga qo‘nuvchi stansiyaga ega raketa tashuvchi 2027-yilda “Vostochniy” aerodromidan uchiriladi.
Rejaga ko‘ra, stansiya Oyning janubiy qutbiga qo‘nishi kerak. U yerdan (taxminan 3-4 kilogramm) tuproq namunasi olinib, maxsus kapsulada Yerga olib kelinadi.