Buyuk Britaniya politsiyasi “Formula-1”ning sobiq rahbari Berni Ekklstounning qizi Tamara Ekklstoun uyidan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganlikda gumon qilinayotgan ikki kishini qo‘lga oldi, deb xabar berdi Meduza.
47 yoshli farrosh Mariya Mester va uning 29 yoshli o‘g‘li Emil-Bogdan Savastr qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlashni ko‘zlab, seyfni buzganlikda ayblanmoqda.
Ular 28 va 29-yanvar kunlari Londonning ikkita aeroportida qo‘lga olindi.
1-fevral kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sud majlisida onasi va o‘g‘li o‘zlarini Ruminiya fuqarosi deb atadi. Ular 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sud majlisiga qadar hibsga olingan.
O‘g‘rilik 2019-yilning 13-dekabrida, Tamara Ekklstoun va uning oilasi uch hafta davomida Kensingtondagi uyidan Rojdestvo bayramini nishonlash uchun ketganida amalga oshirilgan. Tamaraning uyidan zargarlik buyumlari, pul va soatlar o‘g‘irlangan. O‘g‘irlangan buyumlarning umumiy bahosi 50 million funt sterlingga (qariyb 66 million dollar) baholanmoqda.
O‘g‘irlangan buyumlarning aksariyati topilmagan.