Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zavtosanoat”, Sinotruk International Investment Limited va MAN Truck & Bus SE yangi korxona — Uz Truck and Bus Motors’ni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Truckcnhtc.com”

Foto: “Truckcnhtc.com”

Ma’lum qilinishicha, yangi kompaniya O‘zbekistonda yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi JV MAN Auto-Uzbekistan negizida tashkil etib, uning ustav fondiga jami 12 million dollar investitsiya kiritdi.

Kiritilgan investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 3 ming texnikadan 6 ming donaga yetkazish, yangi modellar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va butlovchi detallarni mahalliylashtirishga yo‘naltiriladi.

Qayd qilinishicha, yangi loyiha 100 dan ortiq ish o‘rinlari yaratish, eksportni oshirish, hamda yuk mashinalarini mahalliylashtirish darajasini 50 % gacha yetkazish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi