Avstraliyada 2019-yilning noyabr oyidan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari tutuni tez orada Yer atrofini to‘liq aylanib, yana Avstraliyaga qaytadi. RBK’ning xabar berishicha, bu haqda NASA bayonotida ma’lum qilindi.

Foto: Reuters

Agentlik mutaxassislarining ta’kidlashicha, 8-yanvarda tutun Yer sharining yarmini aylanib bo‘ldi. “Tutun Yer atrofida kamida bir marta to‘liq aylanib, yana Avstraliyaga qaytishi kutilmoqda”, — deyiladi NASA xabarida.

Bundan tashqari, NASA mutaxassislarining ta’kidlashicha, tutun ko‘p miqdordagi bir to‘da bulutlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Keyin esa bu bulutlar chaqmoqli, lekin yog‘ingarchiliksiz momaqaldiroq keltirib chiqaradi.

Tutunning bunday keng tarqalishi uning stratosferaga tushganidan so‘ng zarralari yong‘in o‘chog‘idan minglab kilometr uzoqlikka tarqalishi va butun dunyoda atmosferaga ta’sir qilishi bilan izohlangan.

Tutun ta’sirida Janubiy Amerikada osmon rangi o‘zgargan va Yangi Zelandiyada havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, tutun sababli mamlakatdagi qorli tog‘ cho‘qqilari sezilarli qoraygan.