Yaponiya atrof muhitni muhofaza qilish vaziri, mamlakat sobiq bosh vaziri Koidzumi Dzyun’itironing o‘g‘li — Sindziro Koidzumi bola parvarishi ta’tiliga chiqishga qaror qildi. Bu haqda NHK telekanaliga tayanib RBK xabar berdi.
Vazir va uning rafiqasi Kristel Takigava yaqin haftalarda to‘ng‘ich fazandi tug‘ilishini kutmoqda. Shundan so‘ng Sindziro Koidzumi 3 oy ichida 2 haftalik ta’til olishni, shuningdek, ish faoliyatiga zarar yetkazmaslik uchun masofadan turib qisqartirilgan tartibda ishlashni rejalashtirmoqda. U, shuningdek, vazirlik xodimlari bilan videoaloqa orqali majlislar o‘tkazadi.
Izoh (0)