O‘zbekistonda yirik aviaforum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi bergan ma’lumotga tayanib Sputnik xabar berdi.

Foto: Reuters

Avvalroq OAVlarda forumning fevral oyida o‘tkazilishi va unga dunyoning eng yirik aviakompaniya vakillari taklif etilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Nashrning xabar berishicha, forumning qachon bo‘lishi va unda ishtirok etuvchilarning aniq ro‘yxati hali aniq emas. Transport vazirligi aviaforumga taklif etilgan aviakompaniyalar o‘z texnikalari bilan ishtirok etishini ta’kidlagan.