Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 20-turi doirasida 12-yanvar, yakshanba kuni 3 ta bellashuv yakunlandi.

Foto: Reuters

Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi “Park de Prens”da “Monako”ni qabul qildi.

Bahs davomida parijliklar jamoasi vakillari Neymar (3, 42 — penalti) dublga erishgan bo‘lsa, mehmonlardan Jelson Martinsh (7), Vissam Ben-Yedder (13) hamda Islam Slimani (70) o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. “Monako” a’zosi Ballo-Ture (24) esa avtogol muallifiga aylandi.

Shu tariqa o‘yin 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, PSJ 46 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Monako” esa 29 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Liga 1

20-tur bahslari

12-yanvar, yakshanba

“Sent-Etyenn”—“Nant” 0:2

Gollar: 0:1 — 23 Abed, 0:2 — 48 Blas

“Dijon”—“Lill” 1:0

Gol: 1:0 — 47 Tavaresh

PSJ—“Monako” 3:3

Gollar: 1:0 — 3 Neymar, 1:1 — 7 Jelson Martinsh, 1:2 — 13 Ben-Yedder, 2:2 — 24, avtogol Ballo-Ture, 3:2 — 42, penalti Neymar, 3:3 — 70 Slimani

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!