Bugun, 13-yanvar soat 08:00 dan 14-yanvar 08:00 gacha Chimyonda qor ko‘chkisi xavfi bo‘lishi mumkin, deb ogohlantiradi FVV matbuot xizmati.

Foto: Sputnik

Vazirlik dam oluvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘ragan.

Avvalroq Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarni noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirgan edi.