Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Fransiya poytaxti Parij shahrida YuNESKO Bosh direktori Odri Azule va direktor o‘rinbosari Moez Chakchuk bilan uchrashdi. Bu haqda Komil Allamjonovning Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Xabar berilishicha, uchrashuvda media sohasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qilingan.

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Qayd etilishicha, Azule xonim, o‘z navbatida, YuNESKOning Xalqaro universal axborot olish kuniga bag‘ishlangan konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha taklifni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qilgan va Toshkent shahrini 2022-yilda “Jahon kitob poytaxti” deb e’lon qilinishi borasidagi tashabbusga ijobiy baho bergan.

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Foto: Telegram / Komil Allamjonov

Muloqotda xalqaro loyihalarda o‘zbek jurnalist va blogerlarining ishtiroki, ularning tajribasini oshirish masalasida ham muhokama qilingan. YuNESKO rahbariyati O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi