Samsung kompaniyasi navbatdagi Unpacked taqdimoti 2020-yilning 11-fevralida bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi. Unda Galaxy qatoridan o‘rin oladigan yangi smartfonlar namoyish etiladi, deb yozmoqda “Vc.ru”.

Foto: “AKKet.com”

Qayd etilishicha, taqdimotda kvadrat shakldagi kamerali Galaxy S11 flagmani (Galaxy S20) va bukiluvchi displeyli Galaxy Fold 2 smartfoni namoyish qilishi kutilmoqda.

Taqdimot AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahrida soat 11:00 da boshlanadi, Toshkent vaqti bilan esa bu 12-fevralga o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladi.