Surxondaryoda navbatdagi “kitob karvoni” yo‘lga tushdi. Xabar berishlaricha, 4-yanvar kuni viloyat ma’muriy markazi Termizda 30 ga yaqin mashinaga yuklangan kitoblar umumta’lim maktablariga topshirish uchun tantanali kuzatilgan.
Prezident Mirziyoyevning besh muhim tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Surxondaryodagi 921 ta maktab kutubxonasiga 54 nomdagi 50 ming dona badiiy, tarixiy va boshqa kitoblar yetkaziladi.
Izoh (0)