O‘zbekiston fuqarosi N.X. 31-dekabr kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasining konsullik bo‘limiga murojaat qilib, jiyani R.X. baxtsiz voqea oqibatida fojiali halok bo‘lgani haqida xabar bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, R.X. 2018-yil oktabridan beri Germaniyadagi PRAXX jamiyatining malaka oshirish dasturi doirasida Kil shahri yaqinidagi fermer xo‘jaliklaridan birida shartnoma asosida amaliyot o‘tayotgan edi.“27-dekabr kuni u balandlikdan qulab tushib, vafot etgan. Mahalliy politsiya tekshiruv o‘tkazdi va baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqlagan”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Qo‘shimcha qilishlaricha, Germaniyadagi elchixonaning konsullik bo‘limi qarindoshlar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda R.X.ning jasadini O‘zbekistonga jo‘natishga oid masalalarni hal qilmoqda.