Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova sud-huquq tizimdagi 40 yildan ortiq faoliyati davomida mansabini suiiste’mol qilib, jinoyat ko‘chasiga kirganlar bilan ko‘p bora suhbatlashgani, sudyalar, prokurorlar qo‘lga olingandan keyin qilmishidan afsuslanib yig‘laganini ko‘rgani haqida aytib berdi, deb xabar berdi “Kun.uz”.

Ming afsuski, mansabga o‘tirganlar mansabga o‘tirganimdan keyin shaxsiy boylik orttirishim kerak deganlar adashishini, qancha jazo olganiniyam siz bilan biz bilamiz. Hammayam mansab kursisiga o‘tirganda xalq uchun xizmat qilishim kerak deb o‘ylaganda, qora kursida o‘tirmagan bo‘lar edi va shu holatlar prokuraturada bo‘ladimi, soliqda bo‘ladimi, bojxonada bo‘ladimi, boshqa tizimda bo‘ladimi, davlatimizga umuman obro‘ keltirgani yo‘q. Ular vatanni, xalqni, davlatni ozgina bo‘lsayam o‘ylaganda, mana shu jinoyatga qo‘l urmagan bo‘lishardi.

Men shu tizimda 40 yildan ortiq ishlab, ana shunday jinoyati uchun qo‘lga olinganlar bilan gaplashganman, ko‘zidan yoshini oqizib, ‘Agarda shu ahvolga tushishimni o‘ylaganimda, mana shu jinoyatga qo‘l urmasdim’, deb qancha sudyalar, prokurorlar yig‘lagan.

Mansabga o‘tirishdan oldin odamlar koloniyada 1-2 kun o‘tirib chiqsa, turmaga kirib chiqsa, kameraning hidini bilsa, hech qachon jinoyatga qo‘l urmaydi. Odamlar buni bilmaydi.

Svetlana Ortiqova, Bosh prokuror o‘rinbosari

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Bosh prokuror o‘rinbosari mansabdorlarning jinoiy faoliyatidan olingan daromadlariga to‘xtaldi.

“Mansabdorlarning jinoiy faoliyatidan olingan daromadlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, xalqaro baholash tizimida O‘zbekiston qizil nuqta bo‘lib yonib turibdi. Ertaga xorijdan ekspertlar kelsa, shu komissiyaning raisi bo‘la turib, qanday javob berishim meni rosa o‘ylantiryapti. Lekin bu mas’ul mansabdor shaxslar davlat sirlariga aloqadorligini inobatga olib, ularning sud majlislari yopiq o‘tkazilgan, ularning jinoiy faoliyatdan olgan daromadlari ham yopiq bo‘lgan. Bir kunmas bir kun bu masalalar ochiqlanadi. Komissiyamiz a’zolari ham, ekspertlarimiz ham, butun jamiyatimiz shuni xohlaydi”, deya ta’kidladi Svetlana Ortiqova.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi